Ijod maktablari Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar univetsitetida

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchilari 18-sentabr kuni O'zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar univetsitetida bo'lib, oliygoh hayoti, yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.

Tashrif davomida, shuningdek O'zbekiston jurnalistika va ommaviy komunikatsiyalar universiteti rektori, "Xalqaro press klub" NNT raisi Sherzodxon Qudratxo'jayev bilan suhbat tashkil etildi.

Uchrashuv doirasida, shuningdek o'quvchilar o'z ijod namunalari bilan chiqish qilishdi. Suhbat qizg'in munozara va savollarga boy bo'ldi.