#Qaror_ijrosi_amalda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori qabul qilingan edi.
Mazkur qarorda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarda o‘quvchilarining o‘z ijodiy faoliyatini tijoratlashtirishga o‘rgatish borasida ham chora-tadbirlar belgilangan.
Qaror ijrosi doirasida ijod maktablarida ayni yoʻnalishda biznes- treninglar, “Tadbirkor va yoshlar” uchrashuvlari, amaliy mashgʻulotlar tashkil etilmoqda.
Mazkur mashgʻulotlarda oʻquvchilar "Yoshlar kelajagimiz" jamg‘armasi vakillari, samarali faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan muloqotda boʻlib, soha qonunchiligi, ijodiy ishlarni tijoratlashtirish borasida kerakli maʼlumotlar va tavsiyalar olishmoqda.