Ijod maktablarida kitobxonlik targ‘iboti

Yurtimizda kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, yoshlarni  ijodga o‘qishga qiziqtirish va shu orqali ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o’tkazish maqsadida  turli tadbirlar o’tkazilmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyat kengashida O‘zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchilari,  sardorlari va badiiy ijodga qiziqqan yoshlar ishtirok etdi.  

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi tarbiyachisi Gulchehra Asronova yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish yuzasidan mulohazalar bildirdi. Yoshlar tomonidan shoiraning hayoti va ijodi, bugungi adabiy jarayon, chop etilayotgan yangi asarlar haqida savollar berildi. 

Bu kabi tadbirlar prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi barcha maktablarda o‘tkazib kelinmoqda. Buning natijasi o‘laroq iqtidorli, ijodga qiziquvchi o‘quvchilarni shakllantirmoqda. 

Jumladan, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 7-sinf o'quvchisi Azizova Madinaning Tong Yulduzi gazetasida "O'zbekiston bo'ylab sayohat qildik" nomli maqolasi bosilib chiqdi.

Olib borilayotgan chora-tadbirlar adabiyotimiz kelajagi uchun ham zamin hozirlamoqda, deyish mumkin.