Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarida mahorat darslari o‘tkazilishi tizimli tashkil etilgan.
Jumladan, O'zbekiston yozuvchilari uyushmasi a'zosi, Pedagogika fanlari doktori, professor Qozoqboy Yo'ldoshev tomonidan ijod maktablarining 11-sinf o'quvchilari hamda til-adabiyot o'qituvchilari uchun "She'r va shoir" mavzusida onlayn mahorat darslari tashkil etildi.
Dars davomida she'r yozishga turtki beradigan omillar, so'z qo'llash san'ati, asar mazmun-mohiyatini to'g'ri baholay olish va boshqa ko'plab mavzular yuzasidan so'z yuritildi.