Ijod maktablarida o'qishni istaysizmi?(Video)

Hurmatli ota-onalar va ijod maktablarida o'qish istagida bo'lgan umumta’lim maktabi o’quvchilari!

Farzandingiz adabiyotga, tarjimonlikka, jurnalistikaga, zamonaviy medianing SMM sohasiga qiziqadimi? Balki unda she’r yoki hikoya yozishga bo’lgan iqtidor bordir?

Ijod maktablarida ona tili va adabiyotni chuqur o’rganish bilan birga chet tillarini  ham chuqurlashtirilgan dastur asosida tez va oson o’rganish mumkin.

Bizning ijod maktablarida endilikda ingliz, nemis, fransuz  tillaridan tashqari eski o’zbek yozuvini ham o’rganish imkoni bor.

Ijod maktablariga hujjatlarni joriy yilning 5-25- iyun kunlari  portal.piima.uz sayti orqali onlayn tarzda topshirishingiz mumkin.