Ijtimoiy rolik: Salohiyatli pedagog kadrlarni Agentlik tizimidagi maktablarga ishga taklif qilamiz.

Zamonaviy pedagog eng avvalo, o'quvchilarni bilimga qiziqtira olishi, o'z qobiliyatini namoyon qilishida o'quvchiga to'g'ri yo'l ko'rsata bilishi, bolalarda mantiqiy va erkin fikrlashni, o'zgalar fikrini anglash va o'z fikrini to'g'ri yetkazib berish qobiliyatini shakllantira olishi zarur. Bir so'z bilan aytganda, ta'limning muvaffaqiyati ustoz salohiyatiga bog'liq. Biz ana shunday salohiyatli ustozlarni Agentlik tizimidagi maktablarga ishga taklif qilmoqchimiz. 
Marhamat, Siz uchun qulaylik va shaffoflik yaratish maqsadida tashkil etilgan job.piima.uz sayti orqali ro'yxatdan o'ting! 
Yurtimizdagi eng iqtidorli o'quvchilar aynan Sizni kutmoqda.