Ilk shaxsiy ko‘rgazma

 

 

 

Ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yurt rahbari tomonidan 5 tashabbus ilgari surilgan edi. Birinchisi bu yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi Hamid Olimjon va Zulfiya ijod maktabi 7-sinf o‘quvchisi Ahmedova Mohigulning “Bahor” deb nomlangan birinchi rasmlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazmada 16 ta ijodiy ish namoyish etildi.