Indoneziyaning Beacon universiteti o‘qituvchisi bilan onlayn vebinar

Bugun, 8-noyabr kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Nukus shahridagi Prezident maktabida Indoneziyaning nufuzli Beacon akademiyasida faoliyat yurituvchi Pavan Kumar bilan hamkorlikda onlayn vebinar tashkil etildi. 

Vebinar doirasida, shuningdek ta'limda innovatsion usullardan va yangi metodikalardan foydalanish hamda o'quvchiga yo'naltirilgan ta'lim bo'yicha tajriba almashinildi.

Vebinar foydali ma'lumotlar va qizg'in savol-javoblarga boy bo'ldi.