IT oromgoh ishtirokchilari taqdirlandi

Bugun, 8-yanvar kuni "Raqamli avlod IT oromgohi" doirasida taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

Tadbirni Agentlik rahbari Hilola Umarova ochib berib, barcha qatnashchilarni samimiy tabrikladi:

- O'tgan 5 kun har biringiz uchun samarali bo'lganiga ishonaman. Yangi do'stlar orttirdingiz, o'z sohangiz bo'yicha yangi narsalarni o'rgandingiz. IT va robotexnika kelajak kasblaridir. Umid qilamanki, bu borada o'rganganlaringiz siz uchun bundan keyingi faoliyatingizda albatta asqotadi.

Tadbirda trening ishtirokchilari va mentor-o’qituvchilar sertifikat hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Tadbir doirasida, shuningdek o‘quvchilarning raqamli tasviriy san'at va grafik dizayn bo‘yicha ishlanmalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Eslatib o'tamiz, “Raqamli avlod-2022” IT oromgohi yana 5 kun onlayn shaklda davom etadi.