IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB O’QUVCHISI DUNYODA 8-O’RINDA TURADIGAN OLIYGOH YOZGI MAKTABIDA TAHSIL OLADI!

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o’quvchisi Sevara Umarova AQSHning Yel universiteti yozgi maktab dasturida ishtirok etish imkoniyati qo’lga kiritdi.

Sevara mazkur universitet tomonidan tashkillashtiriladigan Yale Young Global Scholars Program yozgi maktabida “Session 2 (July 5 - July 17, 2022): Literature, philosophy and culture” dasturida 2 hafta davomida onlayn tarzda tahsil oladi.

O'quvchimizga maktabda onlayn qatnashish uchun deyarli toʻliq miqdorda grant ajratilgan (maktabga onlayn qatnashish 3500 dollar, Sevara 3400 dollarlik grantni qoʻlga kiritgan).

Ma’lumot o’rnida, Yel universiteti Times Higher Education  tashkiloti tomonidan tuzilgan reytingga ko’ra dunyoda 8-o’rinda turadi.