Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Xalqaro matematika olimpiadasi g‘olibi!

27-Xalqaro matematika musobaqasi (IMC) natijalari e'lon qilindi.
Xalqaro matematika musobaqasida dunyoning 36 davlatidan yosh matematiklar ishtirok etdi. Bugun mazkur musobaqaning yakuniy natijalari e'lon qilindi.

Musobaqaning yakka tartibda o‘tkazilgan bahslarida o’zbekistonlik yosh matematiklar 4 ta kumush, 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Ular orasida Muhammad al Xorazmiy maktabi o’quvchisi, Axtamov Ozod - (Bronza) hamda Asilbek Sunnatovlar ham bor!

Jamoaviy bahslarda esa kichik yoshlilar jamoamiz 3 o'rin (4 ta bronza) ni qo'lga kiritgan bo'lsa, katta yosh toifasida ishtirok etgan o'quvchilarimiz 2 o'rin (4ta kumush) ga munosib ko'rildi.

Ushbu g‘alaba bilan barcha ishtirokchilarni, ularning ustozlari hamda ota-onalarini tabriklaymiz.