Ixtisoslashtirilgan maktabda harbiylar ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Mudofaa vazirligi faxriylari ishtirokida "Yangi O'zbekistonni yoshlar bilan birga quramiz!" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

Mazkur tadbirdan ko'zlangan maqsad yoshlarni vatanparlik ruhida tarbiyalash, ularni ezgu g'oyalarga yo'naltirishdan iborat.

Tadbirga tashrif buyurgan Mudofaa vazirligi Faxriylar ishlari bo'yicha Markaziy Kengashi raisi Abubakir Navro'zov, istefodagi general-mayor Isoqjon Fozilov, shuningdek xalqaro sport musobaqalari g'oliblikni qo'lga kiritgan harbiylar  so'zga chiqib, yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.

Shuningdek, mehmonlarga maktab bo'ylab ekskursiya tashkil etilib, yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi. Uchrashuv doirasida  tashkil etilgan mahorat darslari hamda konsert dasturlari o'quvchilarda alohida taassurot qoldirdi.