IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR BILAN TANISHAMIZ

Agentlik tizimidagi Shovot tumanida ixtisoslashtirilgan maktab-internatida joriy yilning sentyabr oyidan dars jarayonlari boshlangan.

Bugungi kunda ixtisoslashtirilgan maktab-internatda jami 13 ta sinf mavjud bo‘lib, ularda 312 nafar o‘quvchi tahsil olishmoqda.

Ixtisoslashtirilgan maktab-internat majmuasi o‘quv auditoriya xonalari, oshxona, kutubxona, 3 ta yotoqxona, mehmonxona, konferensiya zali, faollar zali, tibbiyot xonasi, sport zallaridan tashkil topgan.