Ixtisoslashtirilgan maktablarga pedagog-kadrlarni saralab olish tanlovi yakunlari yuzasidan ONLAYN OCHIQ MULOQOT tashkil etiladi

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga pedagog-kadrlarni saralab olish tanlovi yakunlari yuzasidan ONLAYN OCHIQ MULOQOT tashkil etiladi!

Unda Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Dilshod Kenjayev va Xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev ishtirok etishadi. 

Onlayn ochiq muloqotda qatnashib, o‘zingizni qiziqtirgan barcha savollarga mas’ullardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob olishingiz mumkin. 

Ochiq muloqot Prezident ta’lim muassasalari agentligining FACEBOOKdagi rasmiy sahifasida bo‘lib o‘tadi. 

⏰Vaqti: 26-IYUL 15:00

👉Ulanish uchun: https://www.facebook.com/piima.uz