JAMOATCHILIKKA MAS’UL XODIMLAR UCHUN SEMINAR-TRENING
Ayni paytda Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan Agentlik tizimidagi maktablar va “Yangi O‘zbekiston” universitetining OAV va jamoatchilikka mas’ul xodimlari uchun o'quv-treninglar bo‘lib o‘tmoqda.
Seminar-treninglar “Axborot xizmatini samarali tashkil etish” mavzusiga bag‘ishlangan.
Tadbirni Agentlik rahbari Hilola Umarova ochib berdi:
- Biz axborot asrida yashayapmiz va shu jihatdan sodir bo‘layotgan yangiliklarni tezkor hamda xolis yoritish juda muhimdir. Bugungi seminar-treninglarimiz ham bu borada mahoratingizni oshirishga yordam beradi. Umid qilamanki, bu yerda egallagan ko‘nikmalaringiz kelgusi faoliyatingizda ham foydali bo‘ladi.
O‘quv-treningda, shuningdek Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Sadoqat Aslanova ishtirok etdi.
U “Davlat organlaridam davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxlarning murojaatlari bilan ishlash tartibi” mavzusida ma’ruza qildi.
Bugun kun davomida, jumladan:
- Axborot xizmatida PRning ahamiyati
- PR matnlarining turlari
- Suratga olish, fotojurnalistika elementlari, rakurs, yorug‘lik, sifat kabi shartlar bilan tanishish mavzularida mahorat darslari bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot o‘rnida, seminar-treninglar 2 kun davom etadi.