"Yil sardori" nomli ko‘rik-tanlovi

Joriy yilning 8-aprel kuni Nukus shahridagi Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida davlatrahbaritomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusi ijrosini ta’minlash maqsadida Ozbekiston Yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidorini yuzaga chiqarish maqsadida maktablardagi Boshlang‘ich Tashkilot Kengashi sardorlari o‘rtasida "Yil sardori" nomli ko‘rik-tanlovining Nukus shahar bosqichi tashkil etildi. Tanlov Nukus shahridagi 40 ta maktab sardorlarini o‘z ichiga qamrab olgan holda 10-14 yosh Kamalak va 15-18 yosh Yoshlar ittifoqi sardorlari o‘z qobiliyatlarini ko‘rsatishga harakat qildi.

Jami 4 ta shart bo‘yicha bo‘lib o‘tgan musoboqada maktabning 10-sinf o‘quvchisi, Boshlang‘ich Tashkilot sardori Djoldasbaeva Shaxrizada 1-o‘rinni egallab, tanlovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichiga yo‘llanma oldi.