Ma’lumot uchun, Xalqaro maktablar kengashi (CIS) a’zosi bo‘lish xalqaro darajada tan olinishni anglatadi.
Kengashga a’zo bo‘lish uchun, jumladan quyidagi talablar mavjud:
- Ta’lim muassasasi faoliyat yo‘nalishining sifatli tashkil etilganligi;
- O‘quv dasturining muvaffaqiyatli joriy qilinganligi;
- O‘quvchilar uchun zaruriy sharoitlarning yaratilganligi;
- Ta’lim muassasasi joylashgan binoning xavfsizlik talablariga javob berishi.
Mazkur tashkilot a’zoligiga o‘tish 3 bosqichli bo‘lib, 1-bosqich hujjat topshirish, 2-bosqich maktab jamoasi bilan onlayn suhbat, 3-bosqich esa maktab faoliyatini offlayn o'rganish hisoblanadi.
Ayni paytda, barcha Prezident maktablari dastlabki 2 ta bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan.
Tashkilot vakillari aprel oyida bosqichma-bosqich tarzda Toshkent, Nukus, Xiva va Namangan shaharlaridagi Prezident maktablarining faoliyatini o‘rganishadi.