🔰Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 686 yilligiga bag‘ishlab “Jahon tamaddunida Sohibqiron Renessansi” mavzusida sinf soatlari o‘tilmoqda.
✏️Ushbu darslarda Sohibqiron Amir Temurning hayoti, davlat boshqaruvida amalga oshirgan buyuk ishlari haqida maʼlumotlar berib o‘tildi.
✏️Shu bilan birga “Temur tuzuklari” asari ham o‘quvchilar bilan muhokama qilinib, Sohibqironning donolik, mardlik, to‘g‘riso‘zlik, davlatni adolatli boshqarish, ilm-fan, maʼnaviy dunyoqarashning rivojlanishidagi hissasi alohida ta’kidlandi.
✔️ “Tajribamda ko‘rilgankim, azmi qatʼiy, tadbirkor, hushyor, jang ko‘rgan, mard, shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshiroqdir. Chunki tajribali bir kishi minglab kishiga ish buyuradi.”
✔️‘‘Kuch – adolatdadur!ʼʼ
✔️''...davlat ishlarining to‘qqiz ulushini kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushini qilich bilan amalga oshirdimʼʼ.
© Temur Tuzuklari.