Nukus shahridagi Prezident maktabida "So‘nggi qo'ng‘iroq"


Nukus shahridagi Prezident maktabida 2020-2021-o‘quv yilining yakuniga bag'ishlangan «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tantanali bitiruv kechasi o‘tkazildi. Kechada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qarg‘i Kengesi raisi M.Q.Kamalov ishtirok etdi va Prezident maktabining «Birinchi qaldirg‘ochlari»ni tabriklab, ularning kelajakda yetuk mutaxasis bo'lib, mamlakat rivojiga o‘z hissasini qo'shishiga ishonch bildirdi.

Tadbir davomida iqtidorli o'quvchilar maxsus sertifikat va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi. Bitiruvchilarning ota-onalariga ham maktab rahbariyati tomonidan tashakkurnomalar topshirildi.