“Samo sirlarini kashf etgan siymo” nomli adabiy-badiiy kecha

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi Mirzo Ulug‘bek  nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati tomonidan  buyuk mutaffakkir olim, shoh va shoir Mirzo Ulug‘bek tavalludining 627 yilligi keng nishonlandi.

Jumladan, Muqimiy nomidagi O‘zbek davlat musiqali drama teatrida Mirzo Ulug‘bekning bebaho ilmiy-ijodiy merosini o‘rganish va targ‘ibot qilishga qaratilgan “Samo sirlarini kashf etgan siymo”  nomli adabiy-badiiy kecha  tashkil etildi.

Maktab-internati direktori  Olimjon Toʼychiev, shoir Bobur Bobomurodlar  so‘zga chiqib, yoshlarning ajdodlariga xos avlod bo‘lish yo‘lidagi izlanishlarida zafarlar tilashdi.   

 Аdabiy-badiiy kecha dasturida maktab-internati oʼquvchilari o'z maktablari haqida maʼlumot berishdi va Muqimiy teatri jamoasi bilan birgalikda “Mirzo Ulugʼbek” tragediyasidan parcha ijro etishdi. 

Tadbir so‘ngida o‘quvchilarning ota-onalari taqdirlandi.