MAKTAB MASLAHATCHILARI UCHUN AMALIY-SEMINAR BOSHLANDI

#Farmon_ijrosi_amalda
#amaliy_seminar

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalarida “Maktab maslahatchisi” lavozimida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun amaliy seminar oʻz ishini boshladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida tashkil etilgan mazkur seminar sessiyalarida maktab  maslahatchilarining kasbiy malakasini oshirishga qaratilgan nazariy va amaliy mashgʻulotlar oʻrin olgan. Shuningdek, ishtirokchilar uchun poytaxtimizning maʼnaviy-maʼrifiy maskanlariga sayohat rejalashtirilgan.

Agentlik tizimidagi "Yangi Oʻzbekiston" universiteti mezbonlik qilayotgan ushbu maʼrifiy tadbir joriy yilning 17-mayiga qadar davom etadi. 

Telegram (http://t.me/piimauz) | Facebook (https://www.facebook.com/piima.uz) | Instagram (http://instagram.com/piima.uz) | YouTube (https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw)