Maktablararo hamkorlik

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablarining tajribali xorijiy o‘qituvchilari endilikda ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari uchun ham mashg‘ulotlar olib borishadi.

Jumladam Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Mr. Belbone, Mr. Kaisar va Mr. Maxwell Coorelar boshchiligida 2 haftalik o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.

Mazkur o‘quv mashg‘ulotlaridan ko‘zlangan asosiy maqsad o'quvchilarning ingliz  tilida   erkin muloqot qila olish qobiliyatlarini mustahkamlashdan iborat.