Ma'naviyat va ma'rifat soati tadbiri bo'lib o‘tdi

Mustaqil Respublikamizning istiqboli har jihatdan yuksak malakali va ma’naviyatli kadrlar tayyorlashga bog‘liq. Xususan, Prezidentimizning ma’naviy-ma’rifiy va milliy g‘oyamizga oid barcha ta’limotlarini yoshlarga yetkazish ta'limdagi asosiy vazifalardan biridir.

Bugun, 10-sentabr kuni, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 10 - "A" sinf o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan "Ma'naviyat va ma'rifat soati" tadbir ko‘rinishida bo‘lib o'tdi.

O'quvchilar bayramda mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligi, milliy qo'shiq hamda maqomlarimizning mazmun-mohiyati, maktabdagi ta'lim - tarbiya jarayonini ham ma'rifiy, ham ko'ngilochar tarzda ko'rsatib berishdi.

Tadbir jarayonida o‘quvchilar o'z ijodiy ishlari bilan qatnashib, ishtirokchilarga alohida kayfiyat ulashishdi. Aytish mumkinki, bu kabi tadbirlar yoshlardagi ijodkorlik qobiliyatini oshirish hamda ularga o'z ustlarida ko'proq ishlashga zamin yaratadi. 

Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limining asosiy maqsadi - talaba-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning ma'naviy, estetik, axloqiy dunyoqarashini kengaytirish, tafakkurini turli xil yot g‘oyalar ta'siridan himoya qilish hamda mustaqil O‘zbekistonning chinakam fidoiy, vatanparvar shaxsi sifatida tarbiyalashdan iborat.