"Mard o'g'lon" davlat mukofoti sovrindori bilan uchrashuv 

Xiva shahridagi Prezident maktabida o‘quvchilar va boks bo'yicha Osiyo chempioni, WBA Intercontinental kamari sohibi, "Uzbek tigers" jamoasi a'zosi, "Mard o'g'lon" davlat mukofoti sovrindori Isroil Madrimov bilan uchrashuv tashkil etildi. 

Uchrashuv davomida sportchi maktab bo'ylab sayohat qildi, sinflarga kirib o'quvchilar bilan suhbatlashdi. Shuningdek, bildirilgan taklifga ko‘ra, o'quvchilar bilan sport mashg'ulotlari o'tkazdi. 

Bu kabi uchrashuvlar yoshlar o'rtasida sportga qiziqish uyg'otish bilan birga ularning  kelgusida ushbu sportchilarimiz kabi bo'lib yetishishlari yo'lida motivatsiya bo'lib xizmat qiladi, deyish, mumkin. Bu kabi uchrashuvlarni tez-tez tashkil etish, sog'lom hayotga targ'ib qilish ham ayni davrning muhim masalalaridan biridir.