Matbuot anjumani: Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli jarayonlari

#matbuot_anjumani 
#qabul_2024 

⚡️AOKAda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida (https://www.facebook.com/aoka.uz/videos/3726524147624345/) Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli bilan bog‘liq jarayonlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

❗️Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda hamda hududlardagi barcha Prezident maktablarida har kuni soat 9:00 dan 19:00 gacha ishlaydigan Murojaatlar markazi (call-center) faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Fuqarolar murojaatlar markazi bilan 1206 qisqa raqami orqali bog‘lanishlari mumkin.

Shuningdek, maktablarga hujjatlar qabuli joriy yilning 1-20-iyun kunlarida hamda kirish imtihonlari iyul oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Prezident maktablarining 5-sinfiga belgilangan yillik qabul kvotasi doirasida 336 nafar, ijod maktablarining 7-sinfiga 400 nafar hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning 5-sinfi (aniq fanlar yo‘nalishi)ga va 7-sinfi (tabiiy fanlar yo‘nalishi)ga 7 960 nafar o‘quvchilar qabul qilinadi.

Tizimdagi maktablarga o‘quvchilarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari tomonidan hujjatlar onlayn shaklda Agentlikning rasmiy ariza.piima.uz veb-sayti orqali qabul qilinadi.

Talabgorlar faqat ta’lim olayotgan maktabining hududida, ya’ni viloyatida joylashgan Prezident maktabi hamda ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirishi mumkin (tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar bundan mustasno).

Hujjat topshirish jarayonida ularga ixtiyoriy ravishda o‘z hududidagi ixtisoslashtirilgan maktablardan birini qo‘shimcha tanlash imkoniyati beriladi.

Bunda, Prezident maktabi kirish imtihonining 2-bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘qishga kira olmagan o‘quvchilar hududdagi o‘zi tanlagan ixtisoslashtirilgan maktabga belgilangan kvota doirasida, to‘plagan ballari ketma-ketligi bo‘yicha imtihonsiz qabul qilinadi.