Millatni onasi- til — Prezident maktabidagi til bayrami haqida

Bugun Nukus shahrida joylashgan Prezident maktabida Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilganiga 31-yil toʻlishi munosabati bilan adabiy-badiiy kecha oʻtkazildi.

Unda Xalq shoiri B. Genjemuratov, shoira G. Davletova, Filologiya fanlari doktori T. Masharipova va bir qator oʻqituvchilar va oʻquvchilar ishtirok etdilar.

Bu yerda taʼlim olayotgan oʻquvchilarni deyarli hamma ingliz tiliga ixtisoslashgan deb oʻylashadi. Ammo, bugungi kecha bu yerdagi maktab oʻquvchilari qalbidagi qoraqalpoq tiliga boʻlgan bor muhabbatini ochib bera oldi.

Kechada asosan shoirlar ona tilimizni madh etuvchi sheʼrlari bilan, oʻquvchilar esa tilimizga, uni sofligini saqlashga oid videoroliklari, adabiy-badiiy oʻqishlari, oʻzlari qoraqalpoq tilida tayyorlagan multfilm va boshqa dasturlari bilan qatnashdilar.

Shuningdek, bu kechada asosan koʻngilochar dasturlardan biri sifatida “Rebusli viktorina” oʻtkazildi va bunda oʻquvchilarning qoraqalpoq xalq maqollarini qanchalik bilishlari sinaldi.

Shuningdek, aytib oʻtish joizki maktab oʻquvchilari qoraqalpoq tilini targʻib qilish boʻyicha ham oʻz takliflarini, rejalarini bildirib oʻtdilar. Yaʼni oʻzlari yaratayotgan robototexnika vositalarini qoraqalpoq tilida soʻzlatish, qoraqalpoq xalq botirlari, qahramonlariga bagʻishlab multfilmlar yaratish va boshqalar kabi. Bu koʻpchilikda katta qiziqish uygʻotdi va albatta, bu yerdagi iqtidorli oʻquvchilar oʻz oldiga qoʻygan maqsadiga etmasdan toʻxtamaydi.

Umumiy qilib aytadigan boʻlsak, bayram kechasi haqiqiy shodiyonaga aylandi va mehmonlar, ishtirokchilar qalbida katta taassurotlar bilan yakunlandi.