#milliy_libos_millat_qiyofasi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar ham milliy libosimizda xalqimizning ming asrlik oʻtmishi, urf-odat va anʼanalari, did va estetik qarashlari shuningdek, oʻziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyon etish, milliy qadriyatlarimizni mazmunan boyitish maqsadida mamlakatimiz boʻylab oʻtkazilgan “Xon atlas” haftaligida faol ishtirok etmoqda.