Mirzo Ulug'bek nomidagi maktab-internati o'quvchilari atrof-muhitni muhofaza qilish dasturida

Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchilari, Technovision girls xalqaro loyihasi ishtirokchilari atrof-muhitni muhofaza qilish dasturini ishlab chiqdilar. Ushbu dasturni Mobil ilova orqali amalga oshirish nazarda tutilmoqda. "Searth" mobil ilovasi sayyoramizni obodonlashtirish va ifloslanishdan himoyalashga hissa qo'shishni istagan barcha ko'ngillilarni birlashtiradi.