Mock Exam jarayonlari boshlandi

 

Bugun Xiva shahridagi Prezident maktabida 11-sinflar uchun Cambridge Assesment tomonidan tashkillashtirilgan Mock Exam jarayonlari boshlandi. Imtihon hafta davomida bo‘lib o‘tadi va  o‘quvchilarning STEM fanlaridan egallagan bilimlari sinovdan o‘tkaziladi.

Shu bilan birga o‘quvchilar bu jarayonlar orqali o‘zlarining bilimlaridagi kamchiliklar va qaysi jihatlarga ko‘proq e’tibor berishlari lozimligini ham bilib olishadi.