Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ustozlar kuniga bag'ishlangan tadbir

Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ustozlar kuniga bag'ishlab o'tkazilgan tadbir o'tkazildi.

Prezident ta'lim muassasalari agentligi delegatsiyasi Germaniyadagi xizmat safarini yakunlab, Toshkent shahriga qaytdi va Agentlik rahbari Hilola Umarova bugungi tadbirda shaxsan ishtirok etib, ustozlarni kasb bayrami bilan tabrikladi:

- Inson kamolida ustoz-murabbiylarning o'rni beqiyos. O'quvchilarimiz erishgan barcha yutuqlar ortida ustozlarining fidokorona mehnatlari yotibdi. Men lokomotiv vazifasini bajarayotgan maktablarimizda siz kabi o'z kasbini sevgan o'qituvchilar bilan birga ishlayotganimdan faxrlanaman.

Ma'naviy-ma'rifiy tadbir badiiy chiqishlar, ustozlarga bag‘ishlangan kuy qo‘shiqlarga boy bo‘ldi. Tadbir doirasida, shuningdek Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining ustoz va murabbiylari, jumladan maktabning yoshi ulug' pedagog-xodimlari alohida e'tirof etilib, taqdirlandi.