Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi filiallariga qabul

#Qabul_2024
#al_Xorazmiy_filiallari

⚡️Joriy yilda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining Nukus shahrida, Andijon va Samarqand viloyatlarida aniq fanlar yoʻnalishida filiallari tashkil etildi. 

2024/2025-oʻquv yilida: 
➖Nukus filiali 
🇺🇿 Oʻzbek tili sinflari boʻyicha 5-, 6-, 7-sinflariga, 
🇺🇿 Qoraqalpoq tili sinflari boʻyicha 5-, 8-, 9-sinflariga;
➖Andijon filialining 5-, 7-, 8-, 9-sinflariga;
➖Samarqand filialining 5-, 6-, 7-, 8-, 9-sinflariga oʻquvchilar faqat aniq fanlar yoʻnalishi boʻyicha belgilangan kvota doirasida oʻqishga qabul qilinadi. 

🪪 Ushbu maktablarda oʻqish istagida boʻlgan talabgorlar shu yilning 1-iyunidan 20-iyuniga qadar hujjatlarini faqat ONLAYN tarzda ariza.piima.uz sayti orqali topshirishlari mumkin (https://t.me/piimauz/16329).

❗️DIQQAT
🗺Ushbu maktablarga faqatgina maktab joylashgan hudud yaʼni:
➖Nukus filialiga – Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
➖Andijon filialiga – Andijon viloyati,
➖Samarqand filialiga – Samarqand viloyati oʻquvchilari, 
‼️Toshkent shahrida joylashgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga esa barcha hududlardagi maktab oʻquvchilar hujjat topshirishlari mumkin. 

Maʼlumot uchun, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining filiallari Respublikamizning barcha hududlarida bosqichma-bosqich tashkil etilishi rejalashtirilgan.