Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchisi "Shuhrat" medali bilan taqdirlandi

Yoshlar kuni munosabati mukofotlanganlar qatorida Agentlik tizimidagi o'qituvchilar ham bor. Jumladan,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga ko‘ra, Namangan shahridagi Prezident maktabi direktori o‘rinbosari Yelena Mustayeva “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.

Yelena Mustayeva chet tilidan malaka va uni bilish darajasi bo‘yicha test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan, IELTS, CEFR, TOEFL kabi sertifikatlariga ega. Uz.TEA hamkorligida respublika va viloyat miqyosida seminar-treninglarda trener sifatida ishtirok etgan. 2018 yil Teaching Excellence and Achievement dasturi sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, 2018 yil yanvar-mart oylarida AQSHning Massachusets shtati universitetida malaka oshirish kurslarida qatnashgan. 2018 yil O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan “Yilning eng faol olima ayoli” tanlovi ishtirokchisi.  

Ma’lumot o‘rnida, Yelena Mustayeva dastlab Agentlik tizimidagi Ibrat nomidagi ijod maktabida ingliz tilidan dars bergan.