Namangan shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari Yoshlar festivalida 1-o'rinni egallashdi

 

"Yangi O'zbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida o'tkazilayotgan yoshlar festivali doirasida,  fan, ta'lim sohalarida yangi g'oya va tashabbusga ega bo'lgan yoshlarning "ZAKOVAT" o'yinida Namangan shahridagi Prezident maktabining zukko o'quvchilari jamoasi faxrli 1-o'rinni egaldi.

Yoshlar festivalining so'nggida Namangan viloyat hokimi Sh. Abdurazzoqov tomonidan 15.000 000 (o'n besh million) so'm yutuq vaucheri sovg'asi bilan taqdirlanishdi.

Zukko va bilimdon " Yangi O'zbekiston"  yoshlari bo'lgan o'quvchilarimizga shunday yutuqlar davomiy bo'lishini tilab qolamiz!