Namangan shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi Buyuk Britaniya OTMlariga qabul qilindi

Namangan shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi Mironshoh Inomjonov Buyuk Britaniyaning Vestminster universiteti va Grinvich universitetida tahsil olish imkoniyatini qoʻlga kiritdi.

Mironshoh Inomjonov Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shahridagi Prezident maktablari oʻquvchilari kabi oʻz hujjatlarini dunyoning yetakchi universitetlariga yubordi.

Yuqorida aytib oʻtilgan ikki universitetdan tashqari, Mironshoh Inomjonov oʻz hujjatlarini Gʻarbiy London Universiteti, London Janubiy Bank universiteti, Manchester universitetiga topshirdi. Hozirda u mazkur universitetlarining qarorlarini kutmoqda.

Shuni qayd etish kerakki, ushbu universitetlar dunyoning yetakchi oliy taʼlim muassasalari roʻyxatiga kiradi. Misol uchun, Manchester Universiteti dunyodagi oliy taʼlim muassasalari reyingida 27-oʻrindan joy olgan. Bundan tashqari, 25 nafar Nobel mukofoti sovrindorlari mazkur universitet bilan bogʻliqdir.

- Men Buyuk Britaniyaning yetakchi universitetlari tomonidan qabul qilinganimdan mamnunman, lekin men dunyoning boshqa yetakchi universitetlariga hujjat topshirishni davom ettirishni rejalashtirganman. Hamma oliy taʼlim muassasalaridan javob olganimdan keyin yakuniy qarorni qabul qilmoqchiman. Menga tayyorgarlik koʻrishda yordam bergan barchaga minnatdorchilik bildiraman, dedi Mironshoh.