Namangan shahridagi Prezident maktabida "So'nggi qo'ng'iroq"


Namangan shahridagi Prezident maktabida ilk bitiruvchilar uchun so’nggi qo’ng’iroq tadbiri bo’lib o’tdi.
Tadbirda Namangan viloyati hokimi, O'zbekiston Oliy Majlisi senati a'zosi Abdurazzaqov Shavkatjon  ishtirok etdi va mustaqil hayot ostonasiga qadam qo'yayotgan bitiruvchilarni samimiy tabrikladi. Yil davomida faol bo'lgan bitiruvchilar va o'qituvchi xodimlarni viloyat hokimi tomonidan tantanali ravishda taqdirlandi.

Tadbirda o'quvchilar ishtirokidagi raqslar, 11-musiqa maktabi jamoasi tomonidan kuylar ijro etildi. Maktab bitiruvchilarini O'zbekiston davlat filarmoniyasi Namangan viloyat bo'limi qoshidagi "Namangan navolari" ashula va raqs ansambilining raqqosalari hamda xonanda Sohibjon Tojiboyev tabriklab, kelajak hayotlariga omad tiladilar.