Namangan va Xiva shahridagi Prezident maktablarida Teamcoach International tomonidan online vebinar tashkil etildi

O’zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi bilan hamkorlikda Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva va Namangan shaharlaridagi Prezident maktablarida pedagog-kadrlar va o'quvchilar uchun Malayziyaning nufuzli kompaniyalari bilan onlayn vebinar tashkil etildi.  

Jumladan, Teamcoach International tomonidan o'tkazilgan vebinar doirasida ishtirokchilar zamonaviy o'qitish metodikalari, o'quvchiga yo'naltirilgan darslarni yo'lga qo'yish va mustaqil tadqiqot olib borish bo'yicha ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

Shuningdek, Malayziyaning Fusionex Academy tomonidan o'tkazilgan 2 kunlik "Fundamentals of Data Analytics" mavzusidagi vebinar  o'qituvchilarning ma’lumotlar bilan ishlash borasidagi bilimlarini yanada oshirishga xizmat qildi.