#yangi_ixtisoslashtirilgan_maktab
📣 NAVOIY VILOYATIDA YANGI VA ZAMONAVIY TARZDAGI QIZILTEPA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
⚡️ Ochilish marosimida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev qatnashdi.
✅ Aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishidagi Qiziltepa ixtisoslashtirilgan maktab binosi 336 o‘rinli 3 qavatli bo'lib, fizika, kimyo, biologiya laboratoriya, robototexnika va informatika xonalari kerakli jihozlar bilan ta'minlangan.
🔹 Bugungi kunda maktabda 41 nafar pedagog xodimlar 306 nafar o’quvchi yoshlarga ta’lim-tarbiya berib kelmoqda.
✔️ Ta'kidlash lozim, 2022-2023-o’quv yili yakuniga ko’ra, maktabimiz bitiruvchilari oliygohga kirish bo’yicha 100 foizlik natijaga erishdi.
🟢 Maktabda faoliyat yuritayotgan matematika fani o’qituvchilari Aziza Jumayeva, Zamira Hojiyeva hamda tarix o’qituvchisi Farrux Axmedov milliy sertifikatlarni, barcha ingliz tili fani o'qituvchilari esa C1 darajadagi xalqaro sertifikatlarga ega.