O‘qituvchilar uchun yaratilgan yangi darsliklarning mohiyati nimada?

O‘zbekiston milliy axborot agentligi sahifasida "O‘qituvchilar uchun yaratilgan yangi darsliklarning mohiyati nimada?" nomli maqola eʼlon qilindi.

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tizimdagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda foydalanish uchun ixtisoslik fanlari bo‘yicha ta’lim dasturlari hamda bir qator darsliklar ishlab chiqilgan.

Bu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida agentlikning O‘quv jarayonini metodik ta’minlashni takomillashtirish bo‘limi mutaxassislari Dilshoda Norboyeva va Jamoliddin Nurmuhammedov bilan suhbatlashdik.  

– Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan qanday darslik va ta’lim dasturlari ishlab chiqildi, rejalar qanday?  

– Agentlik tomonidan aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktablar uchun informatika, matematika, fizika, tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktablar uchun kimyo, biologiya fanlaridan, ijod maktablari uchun ona tili, adabiyot hamda barcha maktablarimiz uchun chet tili va O‘zbekiston tarixi kabi jami 9 ta ta’lim dasturi ishlab chiqildi.  

Ta’lim dasturlarini ishlab chiqishda eng yaxshi milliy hamda xorijiy tajribalar, jumladan, Kembrijning IGSCE, A-Level, shuningdek, “NIS – Programme” kabi xalqaro tan olingan dasturlar, International Baccalaureate, SAT kabi imtihonlar, AQSH, Rossiya, Avstraliya, Belarus singari davlatlarning ta’lim dasturlari, PISA, TIMSS, PIRLS xalqaro baholash dasturlari mazmuni o‘rganildi.  

bugungi kunda ishlab chiqilgan ta’lim dasturlari asosida zamonaviy darslik majmualarini yaratish maqsadida Agentlikning mas’ul xodimlari tomonidan bir necha xalqaro tajribalar, jumladan, Yaponiya, Turkiya, Xitoy, xususan, Shanxay provinsiyasi, Koreya Respublikasi, Buyuk Britaniya kabi davlatlarning ta’lim tizimlari o‘rganib chiqildi.  

Ayni damda tayyor bo‘lgan dasturlarni ingliz tiliga tarjima qilib, UK ENIC tashkilotiga xalqaro akkreditatsiya uchun taqdim qilish ustida ish olib bormoqdamiz.  

Ta’lim dasturlarini ishlab chiqishda eng yaxshi milliy hamda xorijiy tajribalar, jumladan, Kembrijning IGSCE, A-Level, shuningdek, “NIS – Programme” kabi xalqaro tan olingan dasturlar, International Baccalaureate, SAT kabi imtihonlar, AQSH, Rossiya, Avstraliya, Belarus singari davlatlarning ta’lim dasturlari, PISA, TIMSS, PIRLS xalqaro baholash dasturlari mazmuni o‘rganildi.  

bugungi kunda ishlab chiqilgan ta’lim dasturlari asosida zamonaviy darslik majmualarini yaratish maqsadida Agentlikning mas’ul xodimlari tomonidan bir necha xalqaro tajribalar, jumladan, Yaponiya, Turkiya, Xitoy, xususan, Shanxay provinsiyasi, Koreya Respublikasi, Buyuk Britaniya kabi davlatlarning ta’lim tizimlari o‘rganib chiqildi.  

Ayni damda tayyor bo‘lgan dasturlarni ingliz tiliga tarjima qilib, UK ENIC tashkilotiga xalqaro akkreditatsiya uchun taqdim qilish ustida ish olib bormoqdamiz.  
 

Bundan tashqari, biz Cambridge Assessment International Education (Angliya) tashkiloti bilan fizika va biologiya fanlaridan o‘quv-metodik adabiyotlarini mahalliylashtirish ustida ish olib bormoqdamiz. Bu loyihaga hozirda 40 nafarga yaqin mutaxassislar jalb etilgan. Darsliklarni tarjima qilish va mahalliylashtirish jarayonlari Kembrij tashkiloti bilan bevosita birgalikda amalga oshirilmoqda. O‘quv-metodik adabiyotlarni o‘zbek tilida mahalliylashtirganimizdan so‘ng ularni Kembridjga taqdim etamiz. Kembridj tomonidan darslik sifat ko‘rsatkichlariga ko‘ra tahlil qilinadi, kamchiliklar bo‘lsa, tuzatilib, nashrga tavsiya etiladi.  

Ma’lumki, Kembrijning mazkur darslik majmualari IGCSE va A/AS level darajalari uchun ishlab chiqilgan. Biz esa bu darsliklarni 7-11-sinflar kesimida, 36 nomda tayyorlamoqdamiz. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, Agentlik va Cambridge Assessment International Education o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq biz mahalliylashtirish jarayonida darsliklarga Agentlik tomonidan ishlab chiqilgan ta’lim dasturiga mos ravishda 30 foizgacha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishimiz mumkin.  

Lozim o‘rinlarda rasmlar, ismlar, joy nomlari hamda topshiriqlar mahalliy sharoit va milliy qadriyatlarni inobatga olgan holda o‘zgartiriladi hamda ayrim o‘rinlarda yangi mavzular ishlab chiqiladi. Jumladan, biologiya darsligida Buyuk Britaniya iqlimida o‘sadigan va bizning yurtimizda uchramaydigan o‘simlik daraxtning mikroskopdagi ko‘rinishi tahlili berilgan. Biz buning o‘rniga bolalarga yaxshi tanish bo‘lgan,

O‘zbekistonda ko‘p uchraydigan o‘simlik daraxtning mikroskopdagi ko‘rinishi tahlilidan foydalanamiz. Shunda bu o‘quvchilar uchun ham ancha tushunarli bo‘ladi yoki mahalliylashtirish jarayonida mashqlardagi xorijiy ismlarni, shaharlarni yurtimizdagi shaharlar va mahalliy ismlar bilan almashtirishimiz mumkin.  

Istiqboldagi rejalar haqida gapiradigan bo‘lsak, 2023 yilda ham agentlik tomonidan bir qator darsliklar yaratish ko‘zda tutilgan. Bular 7-sinf biologiya, 7-sinf kimyo, 6-sinf matematika, 6-sinf informatika, 8-sinf ona tili, 8-sinf O‘zbekiston tarixi, 7 va 8-sinf qoraqalpoq tili, 7 va 8-sinf adabiyot (qoraqalpoq tilida) darsliklari ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.  

– Yangi darsliklar va ta’lim dasturlarining afzalliklari nimalardan iborat?  

– Amaldagi ko‘plab darsliklar axborot berishga mo‘ljallangan bo‘lib, ularda amaliy mashg‘ulotlarga kamroq e’tibor qaratilgan. Agentlik tomonidan ishlab chiqilgan yangi darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalarda esa o‘quvchining tanqidiy, tahliliy, kreativ fikrlashiga, unda bilimlarni faqat eshitish yoki o‘qish bilan emas, balki amaliy mashg‘ulotlar yordamida egallashlariga, shuningdek, ularning tadqiqotchilik, muammolarga original yechimlarni topish va qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga katta ahamiyat beriladi.  

Birgina adabiyot darsliklarimizni olaylik. Biz mazkur darslikni tayyorlashda avvalo xorijiy tajribani o‘rgandik. Masalan, Finlyandiyada adabiyot qanday o‘qitiladi, AQSHda qanday, Buyuk Britaniyada qanday?.. Ya’ni rivojlangan mamlakatlarda adabiy ta’lim qanday tashkil etilishiga e’tibor qaratildi. Shundan so‘ng milliy tajribaga murojaat qildik. 1960 yildan keyin hamda mustaqillik davrida adabiy ta’limda qanday evrilishlar bo‘lgan, adabiy ta’lim qanday tashkil etilgan hammasi bir boshdan tahlil qilindi. Bular natijasida adabiyotni fan sifatida o‘qitishning uchinchi – yangi metodikasi paydo bo‘ldi.  

Ushbu yo‘nalishda, ya’ni ijod maktablarida o‘qitishga mo‘ljallangan adabiyot darsligini yaratishda biz madrasalarda adabiy ta’limning qanday olib borilishini ham o‘rgandik, tahlil qildik. Mazkur metodikalarni birlashtirgan holda Agentlik tomonidan yangi adabiyot darsliklari ishlab chiqildi. Bunda adabiyotni faqat so‘z bilan emas, boshqa san’at turlari bilan qo‘shib o‘qitishga e’tibor qaratilgan. Maqsad o‘quvchiga so‘zni san’atning farqli ko‘rinishlari bilan qiyoslashni o‘rgatishdir. Jumladan, yangi adabiyot darsliklarimizda «Asar talqinlari» degan rukn kiritilgan bo‘lib, bunda o‘quvchilar so‘zni faqatgina badiiy matn sifatida emas, balki uning ijrosi bilan bog‘liq holda ko‘rib chiqishadi.  

O‘quvchilar ushbu darsliklarni o‘qish davomida adabiyotni tasviriy san’at, musiqa bilan bog‘liqligini, tafovuti hamda o‘xshashliklarini o‘rganishadi, tahlil qilishadi yoki ona tili darsligini olaylik. Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan ishlab chiqilgan ona tili darsligi bugungi kunga qadar amalda bo‘lgan darsliklardan butunlay farq qiladi. Ya’ni, shu kungacha ona tili darsliklari grammatizmga asoslangan bo‘lsa, biz yangi darsliklarni ishlab chiqish jarayonida sof hayotiy ko‘nikmaga olib boruvchi, nutqiy kompetensiyalarini oshiruvchi, o‘qish savodxonligini hamda tinglab tushunish ko‘nikmasini yaxshilovchi metodlarga e’tibor qaratmoqdamiz.  

Bunda xorijiy tajribaning eng ilg‘or tomonlari tahlil qilindi va milliy tajriba bilan uyg‘unlashtirildi.  

– Ishlab chiqilgan va tajriba-sinov tariqasida joriy etilgan darsliklarni amaliyotda qo‘llash jarayoni monitoring qilinib boriladimi?  

– Albatta, xususan, 7-sinf Matnshunoslik darsligini olaylik. 2021-2022 o‘quv yilida ushbu darslik agentlik tizimidagi 9 ta ijod maktabida tajriba-sinov tariqasida joriy etildi. Undan keyin biz bir o‘quv yili davomida ushbu darslikdagi kamchiliklar ustida ishladik. Bunda o‘qituvchilarning fikri va tavsiyalari inobatga olindi.  

Tajriba-sinov xulosalari barcha maktablardan yig‘ib borildi. Mutaxassislarning fikr-mulohazalari, takliflari tahlil qilindi.  

Monitoring jarayonlari yakuniga ko‘ra, biz darslikdagi ba’zi mashqlarni olib tashlab, muayyan mavzularni yanada takomillashtirdik. Bir dars soati davomida shug‘ullanishga vaqt yetmay qolgan holatlarda topshiriqlar qisqartirildi yoki butunlay olib tashlandi. Shu tariqa 1 o‘quv yili davomida mazkur darsliklar yanada takomillashtirib borildi va yangi o‘quv yilida foydalanish uchun katta tirajlarda nashr etildi.