OʻQUVCHILAR AKADEMIK BILAN UCHRASHDI

#Farmon_ijrosi_amalda 
#Akademik_bilan_muloqot

OʻQUVCHILAR AKADEMIK BILAN UCHRASHDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmoni qabul qilingan edi.

Mazkur farmonda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiklari ishtirokida dars o‘tish amaliyoti yoʻlga qoʻyilishi alohida belgilab oʻtilgan.

Farmon ijrosi doirasida Namangan  shahridagi Prezident maktabida fizika-matematika fanlari doktori, professor, senator, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining Matematika Instituti direktori, Oʻzbekiston Qahramoni Shavkat Ayupov bilan uchrashuv tashkil qilindi.