OʻQUVCHILAR ENERGETIKA SOHASINI AMALIY OʻRGANDI

#amaliy_mashgʻulot

Agentlik tizimidagi maktablarda o‘quvchilarning yaqin hududlarda joylashgan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish ishlari tizimli tashkil etilmoqda. 

Xususan, ayni yoʻnalishda Qarshi shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilarini energetika sohasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, kasbga yoʻnaltirish maqsadida “Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyatida amaliy mashgʻulot tashkil etildi.

Unda Prezident maktabining 9-10-sinf o‘quvchilari issiqlik elektr stansiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishib, nazariy bilimlarini amaliyotda qoʻllash imkoniyatiga ega boʻldi.

Ishlab chiqarish, sanoat tarmoqlari, xizmat koʻrsatish korxonalari bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan shu kabi tadbirlar oʻquvchilarimizning nazariy bilimlarini amaliy mustahkamlashga xizmat qiladi.