Oʻquvchilarimiz 19-Xalqaro standartlar olimpiadasida oltin va kumush medallariga sazovor boʻldi

#xushxabar
#xalqaro_olimpiada
#ISO

 Oʻquvchilarimiz 19-Xalqaro standartlar olimpiadasida oltin va kumush medallariga sazovor boʻldi.

Joriy yilning 12-13-avgust kunlari Koreya Respublikasida boʻlib oʻtgan 19-Xalqaro standartlar olimpiadasi (ISO- International Standards Olympiad)da oʻzbekistonlik yoshlar ilk marotaba ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik (https://t.me/piimauz/17738).

Mazkur xalqaro olimpiadada oʻquvchilarimiz yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, oltin va kumush medallarini qoʻlga kiritdi:

🥇Oltin medal – Asliddin Olimjonov, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchisi; 

🥇Oltin medal – Javlon Hasanov, Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi;

🥇Oltin medal – Islom Boyqobilov, Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi;

🥈Kumush medal –Umar Azimov, Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf oʻquvchisi;

🥈Kumush medal – Diyoraxon Mahmudova, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf oʻquvchisi;

🥈Kumush medal – Ibrohim Ismoilov, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf oʻquvchisi. 

🗣Ma’lumot uchun, Xalqaro standartlar olimpiadasi butun dunyo boʻylab oʻrta maktab oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladi. Turnir 2014-yilda sinov tariqasida xalqaro miqyosda oʻtkazilgan boʻlib, 2015-yildan boshlab rasman xalqaro olimpiada sifatida tan olingan.

 💫 Ushbu yutuqlar bilan oʻquvchilarimizni va ularning ota-onalarini hamda ustozlarini samimiy muborakbod etamiz.