OʻQUVCHILARIMIZ SPORT DASTURLASH OLIMPIADASI GʻOLIBI

#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor 
#MSITF_2024

Toshkent shahrida Mudofaa vazirligi tomonidan harbiy sohaga zamonaviy ilmiy-texnik innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni keng joriy qilish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar" festivali o‘tkazildi. 

Festival doirasida bo‘lib o‘tgan Sport dasturlash olimpiadasida  respublikamizning barcha yo‘nalishdagi ta’lim muassasalari o‘quvchi yoshlaridan 50 ga yaqin ishtirokchi qatnashdi.

Ushbu olimpiadada qatnashgan Muhammad al-Xorazmiy  nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchilari Asilbek Sunnatov 1-o‘rinni, Anasxon Komilov 3-o‘rinni egalladi.

O‘quvchilarimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!