OʻQUVCHIMIZ UNDRR KONFERENSIYASIDA ISHTIROK ETDI

#young_climate_champions
#eco_school_Uzbekistan

Agentlik tizimidagi Buxoro shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Maryam Sunnatova Chernogoriyaning Budva shahrida UNDRR (United Nations Office for Disaster Risk Reduction) tomonidan oʻtkazilgan Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish boʻyicha Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqaviy konferensiyasida ishtirok etdi.

M.Sunnatova oʻz taʼlim maskanida eco-faol boʻlish bilan birga "Young climate champions" loyihasi yetakchisi hamdir. Mazkur loyiha iqlim oʻzgarishiga qarshi kurash, atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratigan innovatsion gʻoyalar, chora-tadbirlarni oʻz ichiga oladi.

Ma’lumot oʻrnida, oʻquvchimiz Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish boʻyicha Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqaviy konferensiyasida UNICEF tashkilotining mamkakatimizdagi vakolatxonasi tomonidan tavsiya qilingan oʻzbekistonlik nomzod sifatida ishtirok etdi.