Oʻquvchimiz xorijda sunʼiy idrok yoʻnalishida bilimini oshiradi

Samarqand shahridagi Prezident maktabining 10-sinf oʻquvchisi Shohjahon Qurbonov New York universitetining Abu Dabidagi kampusida tashkil etilayotgan "Dizayn laboratoriyasi: Sunʼiy intellekt" yozgi dasturida ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritdi.

Eʼtiborlisi, oʻquvchimiz 50 ta mamlakatdan murojaat qilgan 600 ta talabgor ichidan tanlab olindi. 

Bugungi kunda sun’iy intellekt sohasi tez rivojlanib, koʻlami tobora kengayib bormoqda. Ayni yoʻnalish boʻyicha bilim va malakalarni oshirishga qaratilgan xalqaro taʼlim dasturlarida oʻzbekistonlik yigit-qizlarni muvaffaqiyatli ishtirok etayotgani eʼtiborga molik.

Maʼlumot oʻrnida, Agentligimiz tizimidagi "Yangi Oʻzbekiston" universitetida "Sunʼiy idrok va robototexnika" yoʻnalishi ham yoʻlga qoʻyilgan. Oliygohda talabalar oʻzlari tanlagan mutaxassislik boʻyicha zamonaviy taʼlim olishlari uchun barcha imkoniyat va sharoitlar yaratilgan.