Ogahiy ijod maktabida "Ochiq eshiklar kuni"

2021-yilning 4-iyun sanasida  ota-onalarni  Ogahiy ijod maktabi faoliyati, o'quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoit,  maktabga qabul va saralash imtihonlari tartibi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida "Ochiq eshiklar" kuni o'tkazildi. Tadbirni Ogahiy ijod maktabi direktori Sarvar Abdullayev ochib berdi. Unda dastlab ijod maktabi faoliyati haqida videotaqdimot namoyish etildi. So'ngra tashrif  buyurgan ota-onalarning savollariga atroflicha javoblar berildi. Tadbirda Buyuk Britaniyalik Lyuk Grenfell Shou so'zga chiqib, hayotni sevish va uni qadriga yetish haqida fikrlar bildirdi.

 "Ochiq eshiklar kuni"ga tashrif buyurgan "Umrboqiy meros" O'zbekiston madaniyati va san'ati targ'ibot Markazi direktori Lutfiya Mirzayeva maktab jamoasi va o'quvchilari haqida to'lqinlanib gapirdi va Markaz tomonidan Respublika miqyosida o'tkazilgan tanlov g'oliblari bo'lgan ijod maktabi direktori va va o'quvchilarini taqdirladi. Shuningdek, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi va Erkin Vohidov ijod maktabi tashabbusi bilan o'tkazilgan "Erkin Vohidov - nodir iste'dod sohibi" Respublika ijodiy ishlar tanlovida 3-orinni qo'lga kiritgan Ogahiy ijod maktabi o'quvchilar  jamoasiga Erkin Vohidov ijod maktabi tomonidan taqdim qilingan diplom va kitoblar jamlanmasi tantanali tarzda topshirildi. Uchrashuvda ijod maktabi o'quvchilari o'zlarining erishgan yutuqlari haqida so'zlab berdilar va ijod namunalaridan ham o'qidilar. Yakunda ota-onalar shu maktabda farzandini ta'lim olishi ularning orzusi ekanligi haqida hayajon bilan gapirdilar. "Ochiq eshiklar kuni" O'zbekiston 24 va Xorazm televideniyasi tomonidan tasvirga olindi va efirda namoyish qilinadi.