“Olamni mahliyo aylagan diyor!”


Prezident ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazida ham bugun 1-iyul kuni “Olamni mahliyo aylagan diyor!” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganining 30 yilligiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davlat ramzlari har bir mamlakatning mustaqilligini ifodalovchi muqaddas belgidir. Davlat ramzlari hamisha muqaddas va ulug‘ sanaladi. Suhbatda Davlat ramzlariga bo‘lgan hurmat va sadoqat yanada ortib bormoqdaligi, yoshlar orasida o‘z vatanidan g‘ururlanish hissi, milliy ramzlarimizga bo‘lgan iftixor tuyg‘ulari jonlanayotganligi haqida so‘z yuritildi.