Ona tili va adabiyot fani oyligi

 Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda  «Ona tili va adabiyot fani oyligi»  bo‘yicha bir qancha tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Jumladan, Namangan shahridagi Prezident maktabida o'quvchilar savodxonligini oshirish maqsadida "Kimning xati chiroyli? " tanlovi o'tkazildi.

Shuningdek, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida "Ona tilim - iftixorim" nomi ostida tadbir tashkil etildi.

 Xuddi shunday, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida ham "Til - millat ko‘zgusi" mavzusida tadbir o‘tkazildi.  Unda maktabning ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari va ijodkor o‘quvchilari tomonidan badiiy chiqishlar namoyish etildi.