Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunining 31 yilligiga bagʻishlangan insholar tanlovi gʻoliblari aniqlandi

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida 21-oktabr – oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 31 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Eng yaxshi insho muallifi” ijodiy ishlar tanlovining gʻoliblari aniqlandi.

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tomonidan tashkil etilgan tanlov 7-9-sinf va 10-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida ikki bosqichda oʻtkazildi.

Birinchi bosqich maktablar doirasida oʻtkazildi va unda jami 300 nafar oʻquvchi ishtirok etdi. Har bir guruhda 1-, 2- va 3-oʻrin olgan oʻquvchilar ikkinchi bosqichda ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻldi. Ikkinchi bosqichda jami 74 nafar oʻquvchi ishtirok etdi.

Tanlovning xolisligini taʼminlash maqsadida ishtirokchilarning ism-sharifi va taʼlim oladigan maktablari maxsus raqamlarga almashtirildi. Tanlov ishlariga maxsus raqamlarni Agentlik xodimlari qoʻyib chiqqanlaridan soʻng, ularni hakamlar hayʼati aʼzolariga baholash uchun topshirildi.

Ikkinchi bosqichda ijodiy ishlarni baholash boʻyicha hakamlar hayʼatiga Agentlik tasarrufidagi maktablardan besh nafar mutaxassis jalb qilindi. Hakamlar hayʼati aʼzolari Agentlik mutaxassislarining nazoratida har bir ishni mustaqil baholashdi.

Hakamlar hayʼati qaroriga koʻra quyidagi oʻquvchilar tanlov gʻoliblari va sovrindorlari deb topildi:

Birinchi guruh (7-9 sinf)

1-oʻrin

Yasmina Tursinaliyeva (H.Xudoyberdiyeva ijod maktabining 7-sinf oʻquvchisi)

2-oʻrin

Sevinch Akramjonova (H.Xudoyberdiyeva ijod maktabining 9-sinf oʻquvchisi)

Farangiz Aktamxonova (A.Qodiriy ijod maktabining 9-sinf oʻquvchisi)

3-oʻrin

Abbos Xamroqulov (X.Olimjon va Zulfiya ijod maktabining 9-sinf oʻquvchisi)

Dilnavo Sobirova (A.Oripov ijod maktabining 9-sinf oʻquvchisi)

Gulruh Rayimjonova (E.Vohidov ijod maktabining 9-sinf oʻquvchisi)

Ikkinchi guruh (10-11 sinf)

1-oʻrin

Muattar Mamatkarimova (E.Vohidov ijod maktabining 11-sinf oʻquvchisi)

2-oʻrin

Dildora Habibullayeva (M.Yusuf ijod maktabining 10-sinf oʻquvchisi)

Munisa Rafiqjonova (I.Ibrat ijod maktabining 11-sinf oʻquvchisi)

3-oʻrin

Munavara Abdulhayeva (M.Yusuf ijod maktabining 11-sinf oʻquvchisi)

Robiya Kimsanboyeva (E.Vohidov ijod maktabining 10-sinf oʻquvchisi)

Umida Mavlonova (H.Olimjon va Zulfiya ijod maktabining 10-sinf oʻquvchisi)

Tanlov gʻoliblariga tashkilotchilar tomonidan: 1-oʻrin uchun kompyuter bilan, 2-oʻrin uchun planshetlar bilan va 3-oʻrin uchun telefonlar bilan taqdirlanadilar.

Shuni taʼkidlash kerakki, Agentlik dekabr oyida ta`lim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida “Eng dolzarb publitsistik maqola muallifi” ijodiy ishlar tanlovini oʻtkazishni rejalashtirmoqda.