Pedagoglar diqqatiga 

Sizga qulaylik yaratish maqsadida pedagoglar tomonidan eng ko'p kelib tushayotgan savollarga mutaxassis javoblarini e'lon qilib boramiz. 

Job.piima.uz sayti orqali hujjat topshirganda xato kiritgan ekanman.  Qayta tahrirlasam bo‘ladmi?

Ariza beruvchi shaxsan o‘zi hujjatini tahrirlay olmaydi.  Agar murojaat bilan Call-markaz (71) 207 20 17 (ichki raqam 605)ga telefon qilsangiz,  operatorlar hujjatlardagi va elektron pochtaning  noaniq kiritilganini ko‘rib beradi va tahrirlaydi.  

Suhbat qachon va qanday tartibda eʼlon qilinadi? 

Hujjatlar qabuli 20-mayga qadar davom etadi. Suhbatdan oldin test bo‘lib o‘tadi. Iyun oyining boshida nomzodning elektron pochtasiga xabar boradi. Test jarayonidan 70% va undan yuqori ball to‘plagan nomzodlarga elektron manziliga suhbat jarayoni qachon va qay tartibda  (offlayn, onlayn) bo‘lishi maʼlum qilinadi.