PIIMA tasarrufidagi maktab direktorlari bilan yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik holati oʻrganib chiqildi

 

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining (PIIMA) Seleksiya va pedagoglarni malakasini oshirish boʻlimi xodimlari boshchiligida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar direktorlari hamda ularning oʻrinbosarlari uchun onlayn seminar tashkil etildi.

Onlayn seminarda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik jarayonida xodimlarni boshqarish strategiyasi va shakllari, maktablardagi sanitariya-epidemiologik shartlar hamda munosib kadrlarni tanlash kabi masalalar koʻrib chiqildi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi sanitariya-epidemiologiya nazorati Davlat inspeksiyasi va Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan sanitariya qoida va meʼyorlari toʻgʻrisidagi nizom boʻyicha batafsil maʼlumot berildi.

Mamlakatdagi epidemiologik holatdan kelib chiqib maktablarda xodimlar sogʻliklarini doimiy nazorat qilish tartibi va sanitariya-epidemiologiya talablariga qatʼiy rioya qilish va texnik xodimlarning funksional talablari va majburiyatlari belgilab berildi.

Shuningdek Agentlik tasarrufidagi maktablarda faoliyat olib boradigan oʻqituvchilar oʻrtasida dars taqsimoti masalasiga ham alohida toʻxtalib oʻtildi.